avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Dilshodjon Muradovich

Мақолалар

Miokard infarkti haqida tushuncha

Cпорт-саломатлик гарови
Саломатлик
infark miokard
Miokard infarkti — yurak tomir kasalligi; koronar qon aylanishining buzilishi (arteriyalar aterosklerozi, trombozi, spazmi) natijasida yurak mushagida infarkt hosil boʻladi. Miokard Infarktining rivojlanishiga gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib ketish, kashandalik, kam harakat qilish, jismoniy va ruhiy zoʻriqish sabab boʻladi. Juda koʻp hollarda Miokard Infarkti stenokardiya zaminida roʻy beradi. Miokard Infarktining asosiy belgilaridan biri yurak mushagining maʼlum bir qismiga birdan kam qon borishi natijasida shu joyda kislorod va oziq moddalar miqdorining kamayib ketishi tufayli koʻkrak sohasida uzoq muddatli qattiq ogʻriq paydo boʻlishidir. Asosan, koʻkrak qafasining markazi (toʻsh orqasi) yoki chap yarmida achchiq (kuydiruvchi), qisuvchi davomli ogʻriq tutadi va u koʻpincha yuqoriga, oʻngga, chap qoʻlga yoki ikkala qoʻlga, orqaga, pastki jagʻ sohasiga tarqaladi. Ogʻriq bir necha soat, baʼzan hatto bir sutka davom etadi, boʻshashish, muzdek ter bosishi, oʻlim vahimasi, hansirash, yurak faoliyatining buzilishi, qonda va elektrokardiogramma (EKG)da oʻzgarishlar roʻy beradi. Ogʻriq xurujlari bilan kechadigan boshqa kasalliklarda ham EKG da oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Shuning uchun faqat vrach bemorni tekshirib natijalarini taxlil qilib, xulosa chiqarishi kerak. Miokard Infarkti, koʻpincha, yurak ishemik kasalligining zoʻrayish davrida yuz beradi, bunda stenokardiya xurujlari kuchayib va tez-tez takrorlanib turadi. Buni infarkt oldi davri deyilib, bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi. Shu davrda darhol vrachga murojaat etilsa, Miokard Infarktining oldini olib qolish mumkin. Agardad Miokard Infarkti EKG da tasdiqlanmasad eng ko'p hollarda o'tkir koronar sindrom tashxisi qo'yilib davo choralari olib boriladi. yurak hurujiToʻsh ostida qattiq ogʻriq paydo boʻlganda nitroglitserin naf bermasa, zudlik bilan tez tibbiy yordamni chaqirish zarur. Miokard Infarktida nitroglitserin ogʻriqni oxirigacha qoldirmasada, uni qayta qabul qilib turish lozim. Yurak sohasiga, toʻsh ustiga gorchichnik, oyoqqa grelka qoʻyish, qoʻlni isitish bilan bemor ahvolini bir oz bulsada yengillashtirish mumkin. Bemorni iloji boricha tezroq kasalxonaga yotqizish, dastlabki kunlari tibbiyot xodimlari uni uzluksiz nazorat qilib turishlari lozim. Kasallik juda ogʻir, hayot uchun xavfli hisoblansa ham, oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, bemor butunlay sogʻayib ketishi mumkin

Gripp va shamollashda uy sharoitida davolar

Блог им. drdima

Apelsin gripp shamollahsdaAvvalgi maqolalarimizda gripp va shamollash farqlari va xomiladorlikda gripp haqida aytib o'tgandik. Barchamiz albatta uy sharoitida gripp va shamollashni uy sharoitida davolash haqida bilamiz va asosiy tarkibini ko’p suyuqlik qabul qilish, hona havosi almashtirish, vitaminli meva sharbatlari xatto, dori vositalarigacha. Shunga qaramay uy sharoitida gripp va shamollashga qarshi kurashishni usullari judayam ko’p. Bugungi tibbiy maqolalamiz juda o’zgacha.   Judayam oddiy bo’lgan bir mashqni aytamiz. Og’zingizni keng ochib, tilingizni iloji boricha oldinga chiqarib besh sekund atrofida turing. Bu mashqni besh olti marotaba takrorlang. Bu mashq orqali lor organlarimizni qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi va shamollash va gripdan tez orada qutulib ketishingizga yordam beradi. Piyozni antibakterial hususiyatidan foydalanib xalq tabobatida undan gripp va shamollashni davolashda juda ko’p usullarda foydalanishadi. Lekin ko’pchilik uchun piyoz hidi va uyni piyoz hidiga to’lishini yoqtirishmaydi va bu usuldan foydalnishmaydi. Biz esa sizga o’zgacha uslublarni o’rgatar ekanmiz ham aroma hamda antibakterial terapiya haqida aytib o’tmoqchimiz.   Bunda gvozdika gullari va apelsindan foydalanamiz. Gvozdikani qurigan gullari ham bo’laveradi. Buning uchun apelsinda kesimlar hosil qilib unga gvozdika gullaridan qo’yamiz. Bu yasagan apelsinimizni uyning har bir buchagiga qo’yib chiqamiz. Apelsin va gvozdikadan yasagan vositamiz nafaqat mikroblarga qarshi kurashadi, bosh og’riqlarini va mushakdagi og’riqlarni olishga yordam beradi. Ayniqsa aromaterapiya hididan bahra olib immunitetingizni ham mustahkamlashga erishasiz.


 


Uzmed.zn.uz saytidan olindi